Korxona tarkibidagi “Agrokimyo laboratoriyasi” unitar korxonasida mutaxassislar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda 30 nafardan ortiq mutaxassislar, jumladan,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha hududiy “Yo‘lko‘kalamzorlashtirish” agrokimyo mutaxassislari, sohada faoliyat yuritayotgan oid olimlar, ilmiy xodimlar ishtirok etishdi, jumladan, Toshkent davlat agrar universiteti “O‘simliklar fitopatologiya” kafedrasi mudiri professor R. Gulmurodov, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy tadqiqot instituti ilmiy xodimi S.Xidirov, “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK rahbariyati, boshqarma boshliqlari va mutaxassislar ishtirok etdi.

Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsadi etib viloyat agrokimyo mutaxassislari ish ko‘nikmalari va malakasini oshirish, ularning bilim saviyasini mustahkamlash, daraxt va o‘simliklarni ekish va saqlashda agrokiyo himoyasi xizmatlariga yuklatilgan vazifalarni ilm va amaliyotni birlashtirgan holda bajarilishini samarali tashkil etish, o‘zaro tajriba almashish va Korxonadagi agrokiyo laboratoriya jihozlari bilan tanishtirish belgilandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 sentyabrdagi PQ-3262 sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 sentyabrdagi 772-f sonli farmoyishi mohiyatidan kelib chiqib berilgan topshiriqlarni bajarilishi yuzasidan Agrokimyo laboratoriyasi mutaxassislari ma’suliyati; Manzarali o‘simliklarning introduktsiyasi, ekish agrotexnikasi urug‘larni ko‘chatxonalarda etishtirish va uning afzalliklari; “Agrokimyo laboratoriyasi” unitar korxonasida amalga oshiriladigan ishlar hamda laboratoriyadagi uskuna va anjomlar bilan tanishish va ularning ish printsiplari va Agrokimyoviy xartanoma vazifalari; Tuproq tarkibidagi harakatchan P2 O5, almashuvchan K2O va  chirindi miqdoriga nisbatan differentsial xolda mineral o‘g‘itlar talabini aniqlash; Tuproq tarkibidagi toksik modallar va pestitsidlarni aniqlash mohiyati; Tuproq tarkibidagi radionuklidlarni foni tahlili; radionuklidlarni aniqlash uskunalari haqida; O‘simliklarda mavjud kasalliklar va zararkunandalarning rivojlanish davrlari; O‘simliklarda mavjud kasalliklar va zararkunandalarga qarshi biologik va kimyoviy kurash choralari haqida fikr almashildi. Xar bir ma’ruza yuzasidan tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga etarlicha tushunchalar berildi.

Seminar yakunida O‘zbekiston Respublikasidagi umumfoydalanuvdagi avtomobilь yo‘llar atrofidagi igna bargli, keng yaproqli hamda manzarali buta va boshqa dekorativ ekinlar parvarishi, vegetatsiya jarayonida hashorat turlari va kasalliklarni to‘g‘ri aniqlash, kasalliklarga qarshi kimyoviy ishlash choralarini ko‘rish, yo‘l yoqalaridagi yashil o‘simliklarni himoya qilish vazifa va javobgarliklari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.

Hurmatli foydalanuvchi!

Agar sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olmoqchi bo’lsangiz, info@uzyolkokalam.uz
elektron pochta manzilimizga xabar yuboring yoki +99871 231-90-41 raqamiga qo’ng’iroq qiling.

Tajribali mutaxassisdan maslahat olish uchun murojaat yuboring