“O`zyo`lko`kalamzorlashtirish” unitar korxonasi va uning hududiy unitar korxonalari mutaxassislari “Yo`l bo`yi hududlarining landshaft dizayni” yo`nalishida malakalarini oshirishdi.

O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 2018 yil 26 iyulidagi “Avtomobil yo`llari infratuzilmasini yanada  rivojlantirish va yo`l harakatini tashkil etish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida”gi  584-sonli qaror ijrosi bo`yicha  Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasining 2018 yil 30 iyuldagi 334-sonli buyrug`i va  2018 yil 10 oktyabrdagi  40-sonli bayonnomasi asosida  Toshkent Avtomobil yo`llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti qoshidagi Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi tomonidan tashkil etilgan  “Yo`l bo`yi hududlarining landshaft dizayni” yo`nalishi bo`yicha “O`zyo`lko`kalamzorlashtirish” unitar korxonasi va uning hududiy unitar korxonalari mutaxassislarini joriy yilning 7 yanvaridan 12 yanvariga qadar malaka oshirish kursiga o`qishga yuborilib,  jami  19 nafar  mutaxassislar  1 xafta davomida 36 soatlik kursda bilim va ko`nikmalarini oshirdilar va maxsus sertifikatlarga ega bo`ldilar.

 

Mazkur kursda:

  • O`zbekiston Respublikasi Avtomobil yo`llari to`g`risidagi qonun
  • Avtomobil yo`llari va inshoatlariga qo`yiladigan talablar.
  • Yo`l bo`yi hududlarini landshaft loyihalash.
  • Avtomobil yo`llarini me`moriy landshaft dizayn va manzarali ko`
  • Avtomobil yo`llarini ko`kalamzorlashtirish usullari.
  • Katta daraxtlarni ko`chirib o`tkazish tartibi, mavzularida malaka oshirildi.
Hurmatli foydalanuvchi!

Agar sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olmoqchi bo’lsangiz, info@uzyolkokalam.uz
elektron pochta manzilimizga xabar yuboring yoki +99871 231-90-41 raqamiga qo’ng’iroq qiling.

Tajribali mutaxassisdan maslahat olish uchun murojaat yuboring