Xorazm viloyatida joylashgan 4R-159 “Urganch-Shovot” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining yoqalari ko‘kalamzorlashtirilmoqda

“O’zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi tizimidagi “Xorazmyo‘lko‘kalam” UK tomonidan umumiy foydalanishdagi 4R-159 “Urganch-Shovot-Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining yo‘l bo‘yi hududlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 sentyabrdagi “Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va arxitektura-landshaft jihatdan tuzish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3262 – sonli qarori bilan tasdiqlangan avtomobil yo‘llari yoqalarini 2018-2020 yillarda ko‘kalamzorlashtirish dasturi doirasida ko‘kalamzorlashtirilmoqda.

Ko‘kalamzorlashtirish ishlarining manzillari viloyat hokimligi bilan kelishilgan holda, shuningdek ekilgan daraxt turlari ilmiy tavsiyalar asosida amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda mazkur avtomobil yo‘li yoqalarida 15 000 dona manzarali daraxt va buta ko‘chatlari, jumladan, katalpa, yapon saforasi, suriya atirguli, terak, Vergin archasi, to‘rang‘i, sharq tuyasi daraxt ko‘chatlari hamda yuka va boshqa gul ko‘chatlari ekilib, yo‘ldan foydalanuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi.

Shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish ishlari natijasida respublikamizda rivojlanayotgan ziyorat turizmiga munosib hissa qo‘shildi, mazkur yo‘l yoqasida joylashgan “Yusuf-Hamadoniy” pirimiz ziyoratgohi shular jumlasidandir.

Hurmatli foydalanuvchi!

Agar sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olmoqchi bo’lsangiz, info@uzyolkokalam.uz
elektron pochta manzilimizga xabar yuboring yoki +99871 231-90-41 raqamiga qo’ng’iroq qiling.

Tajribali mutaxassisdan maslahat olish uchun murojaat yuboring